“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.

🏛 Joriy yilning 6-dekabr kuni “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumi “Davlat-huquqiy faoliyati yo‘nalishi” 40-24 guruhi o‘quvchilari tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar, xususan, ta’lim sohasidagi kiritilgan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi hamda tomoshabinlar uchun tayyorlangan maxsus badiiy dastur havola qilinib, sherlar, kuy-qo’shiqlar va mavzuga oid sahna ko’rinishlari, videoroliklar namoyish etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: