Texnikumda yakuniy nazoratlar o’rnatilgan tartibda o’tkazilmoqda.

📚 Farg’ona viloyati yuridik texnikumida 2021 yil 01 fevraldan 10 fevralga qadar o’quvchilar bilimini reyting tizimi asosida ko’p bosqichli nazorat qilishni yakuniy nazorati o’rnatilgan tartibda o’tkazilmoqda.

📖 Yakuniy nazoratni o’tkazishdan maqsad-o’quvchilarning fan mavzusida nazarda tutilgan mavzular doirasida qisqa vaqt mobaynida nazariy savollarga o’z fikrini bildirish, muammoli vaziyatlarga yechim topish, shuningdek normativ -huquqiy xujjatlar bilan ishlash va protsessual xujatlarni tuzish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan.

📖 Yakuniy nazorat savollari fan o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Kafedra mudirlari tomonidan YAN savollarini sifatli ishlab chiqilishi va O’MB taqdim qilinishi ta’minlangan. O’MB tomonidan taqdim qilingan savollar yuzasidan yakuniy nazorat variantlari shakllantirilgan.

📖 YAN o’tkazishda qatnashayotgan auditoriya kuzatuvchilari ro’yxati texnikum direktori tomonidan tasdiqlanib YAN o’tkazish jarayonida majburiyatlari tushuntirilib borilmoqda.

📖 Fanlar bo’yicha YAN o’tkazishda yakuniy nazorat ishini o’quvchini o’zi mustaqil ravishda yozishi, yozish tartibi va shartlari, YAN boshlanishi va tugash vaqti auditoriya kuzatuvchisi tomonidan auditoriya doskasida aks ettirib borilmoqda.

Ulashing: