O’zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to’g’risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son, 1999 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarorlariga muvofiq Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ish yuritish va hujjatlar, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosini nazorat qilish tashkil etilib kelinmoqda.
O’tgan 2020 yil davomida texnikum Kantselyariyasiga kelib tushgan va tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan 355ta xat va hujjatlar ijroga qaratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining qonunlari (4ta), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari (12ta), qarorlari (11ta), farmoyishi (1ta), Prezident adminstratsiyasi topshiriq xati (1ta), Oliy Majlis Se’nati qo’shma qarori (1ta), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (14ta) jami 44ta normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati jadval asosida “Huquqiy savodxonlik” mashg’ulotlarida jamoaga e’tiboriga yetkazilib, ijrosi to’g’risidagi ma’lumot va axborotlarni Adliya vazirligi Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi va texnikum rahbariyati hamda tegishli yuqori tashkilotlarga o’z vaqtida taqdim etilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi Hay’at qarorlarini (4ta), boshqa xat va hujjatlarini (77ta), Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarini (21ta), viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi buyruqlari va topshiriqlarini (193ta), Toshkent davlat yuridik topshiriq xatlarini (7ta), boshqa yuqori tashkilotlardan kelgan xat va hujjatlarni (49ta), texnikum Kengashi qarorlari va texnikum direktorining buyruqlarini, texnikum ish rejalari, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalarini o’z vaqtida va sifatli ijro etilishini monitoringi olib borildi va nazorati amalga oshirildi.
Yuridik texnikumda tarkibiy bo’linmalar, dekanatlar va kafedralar tomonidan o’z nizomlariga asosan faoliyatlarini amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, barcha tarkibiy bo’linmalarning 2019/2020 o’quv yiliga mo’ljallangan yillik ish rejalari ijrosi ta’minlandi. Eng muhim hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari va boshqa turdagi topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, majlislari bayoni va boshqa turdagi topshiriqlari, Adliya vazirligining buyruqlari va topshiriqlari, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining buyruqlari va topshiriqlari bo’yicha nazorat kartochkalarini to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishi ta’minlandi va hujjatlarning bajarilishi yuzasidan ijro intizomi bo’yicha monitoring doimiy ravishda nazorat kartochkalari asosida olib borildi.
2020 yil hisobot davrida texnikumga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini (61ta) o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish shaxsan mutasaddi rahbarlar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilishi va o’rnatilgan tartibda jurnallarda qayd etib borilishi hamda murojaatlarni har tomonlama va ob’ektiv ko’rib chiqilishi, mualliflarga o’z vaqtida asoslantirilgan javoblar berilishini tashkil etilishi ta’minlandi.
Ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqilishi ahvolini har chorakda bir marotaba tahlil qilib, natijalari yuzasidan Adliya vazirligi Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasiga tegishli tartibda hisobotlar kiritilmoqda. Hozirgi kunda ijro intizomini ta’minlash jamoada faoliyat yuritayotgan tarkibiy bo’linma rahbarlari tomonidan o’tgan yillarga nisbatan yuqori saviyada bajarilmoqda. Ijro intizomini ta’minlashni texnikumda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash to’g’risidagi Yo’riqnoma asosida tashkil etilmoqda.
Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i O.Djo’raev
Devonxona mudiri N.Nuralieva