O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan “Eng iqtidorli o’quvchi” tanlovining texnikum bosqichi o’tkazildi

✅ Tanlovning hududiy tashkiliy qo’mitasiga 6 nafar o’quvchi-yoshlarning hujjatlari nizomda belgilangan tartibda qabul qilindi;
– tanlov joriy yilning 22 fevral` kuni qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik va tenglik kabi printsiplarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, Adliya vazirligi yuristlar malakasini oshirish markazi Farg’ona viloyati bo’limi, Farg’ona davlat universiteti, viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda shahardagi umumta’lim maktablarining mutaxassislari ishtirokida o’tkazildi;
– tanlov natijalariga ko’ra, 11-19 guruh o’quvchisi N.M.Oripova hamda 15-19 guruh o’quvchisi B.I.Nurmatovlar faxrli 3-o’rinni, 14-19 guruh o’quvchisi N.SH.Obidova 2-o’rinni egalladilar. 10-19 guruh o’quvchisi A.O.Payg’ambarqulov faxrli 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Ulashing: