Farg’ona viloyati yuridik texnikumida an’anaga aylangan “Zakovat” intelektual o’yinlarining navbatdagi turi o’tkazildi.
Direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari M.Toshmatova tadbirni ochib, har ikkala guruhga o’yinning tartib qoidalari haqida ma’lumot va tushunchalar berib o’tdi.
6-20 guruhining “E’lita” jamoasi hamda 01-20 guruhining “Femida” jamoalari bellashdilar. Bunda o’quvchilarning bilim va salohiyati yana bir bor sinovdan o’tkazildi.
“Zakovat” intelektual o’yinlari davom etadi!