Farg’ona viloyati yuridik texnikumi kasaba uyushmasi qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti a’zolari hamda texnikum ish beruvchisi vakillari ishtirokida 2020-2022 yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasining 2020 yil davomida bajarilishi yuzasidan xisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg’ona shahar kengashi raisi B.Azimov ishtirok etdi.
Texnikum kasaba uyushmasi qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi R.Xashimov va ish beruvchining vakili M.Toshmatovalarning xisobotlari tinglandi.
Yig’ilishda xisobot yilida jamoa shartnomasi bo’yicha ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlar tartibga solib kelinganligi, xodimlar mehnatini muhofaza qilish va ularning moddiy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan olib borilgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi.
Kasaba uyushmasi Farg’ona shahar kengashi raisi B.Azimov tomonidan xodimlarni qo’llab-quvvatlashda kasaba uyushmasining roli haqida alohida to’xtalib o’tdi. Texnikum xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Yig’ilish so’ngida texnikum jamoa shartnomasining 2020 yil davomida bajarilish holati ovozga qo’yildi va bir ovozdan «qoniqarli» deb topildi.