Farg’ona viloyati yuridik texnikumida «Xususiy huquqiy fanlar kafedrasi» o’qituvchisi SH.Alijonova rahbarligida «Ijro ishi bo’yicha yurist» yo’nalishi, 2-bosqich, 15-19 guruhi o’quvchilariga «Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko’riladigan ishlar» mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Darsning asosiy maqsadi- o’quvchilarning fuqarolik protssessual huquq fanidan nazariy hamda amaliy bilim ko’nikmalarini shakllantirish.
Ochiq darsda o’quvchilar sud tartibida nikohni bekor qilish,aliment undirish tartibi va otalikni belgilash kabi da’vo ishlarini yuritish haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.