Farg’ona viloyati yuridik texnikumida bahorning ilk kunida o’tkazilgan ertalabki subhidam barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi.

📚⚖️Texnikumda o’tkazilgan turli tanlov g’oliblari taqdirlandilar. «Eng iqtidorli o’quvchi» tanlovining texnikum bosqichi g’oliblari ham Faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
🏢⚖️ Bundan tashqari 2-bosqich, 13-19 guruhi bitiruvchisi Qosimov Axadjon Respublika yoshlari o’rtasida o’tkazilgan bilimdonlar tanlovida ishtirok etib, Koreya, Turkiya va Malayziya, davlatlarida o’qish imkonini beruvchi sertifikatga ega bo’lganligi barchani quvontirdi.
💐🌹🌸 Shuningdek, 2-bosqich, 12-19 guruhining chiqishlari bahor faslini intiq bo’lib kutgan barcha xodim va o’quvchilarda shukronalik hissini uyg’otdi. Tadbir so’ngida o’quvchilar ustozlarini kelayotgan bayram bilan tabriklab, gullar ulashdilar.

Ulashing: