O’quvchi-yigitlar texnikum xodimlari va go’zal qizlarini gullar bilan qarshi oldilar.
Texnikumda ayol va qizlarimizga bag’ishlangan «Bahordayin go’zalim ayol!» deb nomlangan tadbir barchaning diliga ko’klam iliqligi, hayot zavqini olib kirdi.
O’quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiq, raqs va she’rlar ayolning naqadar buyukligi, mo»tabar va munisligini yana bir bor tarannum etdi.