Farg’ona viloyati yuridik texnikumida 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yinlarining ikkinchi bosqichi o’tkazildi.
Birinchi bosqich 3-20 guruhining «Ideal», 1-20 guruhining «Femida» jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Nafaqat yuridik sohada, balki mantiqiy va turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos bo’ladi.
O’yin yakunida 1-20 guruhining «Femida» jamoasi g’olib deb topilib, keyingi bosqichga yo’llanma oldi.
«Zakovat» o’yinlari davom etadi!..