Farg’ona viloyati yuridik texnikumi Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan texnikum o’quvchilar turar joyida yashovchi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish maqsadida «Kitob-mo’jizaga chorlaydi» mavzusida «Zakovat» intellektual o’yini hamda yaqinlashib kelayotgan
Navro’z bayramiga atalgan devoriy gazeta chizish bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
O’quvchilarning badiiy adabiyotlarni qay darajada bilishligi, ularning zukkoligini aniqlaydigan savollar ishtirokchilar tomonidan qizg’in baxslar orqali tahlil qilindi.
»Femida» va «Adolat» jamoalariga bo’lingan yotoqxonada yashovchi o’quvchilar 15 daqiqa ichida o’zlarining rassomlik bo’yicha mahoratlarini ham sinab ko’rdilar.
Bilimdonlik va rassomlik sohasidagi bellashuvda do’stlik g’alaba qozondi.