O’quvchilar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unlashtirish maqsadida Farg’ona shahar davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdilar

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumi 2- bosqich, 11-19 guruhi bitiruvchilari nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unlashtirish maqsadida Farg’ona shahar davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdilar.
🏢📚 O’quvchilar Markazda yaratilgan shart-sharoitlar, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko’nikmalarini oshirish uchun tashkil etilgan o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish burchaklari hamda bir joyning o’zida 150 turdagi xizmatlardan foydalanish imkoni yaratilganligini ko’rib, tanishib chiqdilar.
📌 O’quvchilar davlat xizmatlari markazining faoliyati bilan tanishish jarayonida o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob oldilar.

Ulashing: