Farg’ona viloyati yuridik texnikumida an’anaga aylangan hafta boshidagi ertalabki saflanish tadbiri o’tkazildi.
Saflanishda 13-19 guruhi o’quvchilari o’zlarining chiqishlari bilan barchani xushnud etishdi.
Navro’z nafasining kirib kelishi o’quvchilar tomonidan ijro etilgan she’r, qo’shiq va raqslarda madh etildi.
Texnikum bitiruvchisi A.Qosimovning Ukraina aviatsiya institutiga o’qishga qabul qilinishi bo’yicha yana bir sertifikatga ega bo’lishi barchaga quvonch ulashdi.