Farg’ona viloyati yuridik texnikumi 1 va 2-bosqich o’quvchi qizlari bilan texnikum odob-axloq va ichki tartib qoidalari, ularga amal qilinishi yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.
Suhbatda texnikumda tashkil etilgan «Qizlarjon» klubining faoliyati, o’quvchilar turar joyi hamda iijarada yashovchi qizlarning tartib-intizomi haqida fikr yuritildi.
Bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida texnikum o’quvchi qizlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga aloxida to’xtalib o’tildi.
Davra suhbati yakunida qizlar tomonidan takliflar va qo’shimcha fikrlar bildirildi.