Farg’ona viloyati yuridik texnikumida xalqimiz asrlar davomida katta shodu xurramlik bilan nishonlab kelayotgan Navro’zi olamni munosib tarzda o’tkazish maqsadida «Har kuning bo’lsin, Navro’z!» deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Navro’z yangilanish va yangi umidlarning tug’ilishi bilan ham bog’liq. Shu kuni hatto yomonliklar, adovat va xatolar ham kechirilgan, muhtoj odamlarga yordam ko’rsatilgan. Xalkimiz yangilanish fasli Navro’z hammaga – yaxshi kayfiyat, xonadonlarimizga baxt-omad keltirishiga ishonadi.
Texnikumda baraka ramzi bo’lgan sumalak pishirildi. Barcha guruhlar bayram dasturxonini bezadilar.
An’anaga aylangan «Eng mazali osh» musobaqasi o’tkazildi. Oshpaz o’quvchilarimiz tomonidan chiroyli bezatilgan mazali palovxonto’ralar pishirildi va baho berish uchun ustozlariga taqdim etildi.
O’tkazilgan bayram tantanasi barchaga xush kayfiyat ulashdi va olam-olam taassurot qoldirdi.