Texnikumida «Sud`ya va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida «Sud`ya va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.
✅ Uchrashuvda jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyati sudi sud`yalari – D.Xoliknazarova va
B.Xaydarov, jinoyat ishlari bo’yicha Marg’ilon shahar sudi sud`yasi SH.Karimov, JIB Farg’ona viloyat sudi matbuot kotibi Q.Mutalipov va sud`ya katta yordamchisi X.Sultonovlar ishtirok etishdi.
✅ Sud`yalar tomonidan texnikumning bitiruvchilariga 2021 yil 18 fevraldagi «O’zbekiston
Respublikasining jinoyat hamda jinoyat-protsessual kodekslariga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida»gi O’RQ-675-son qonuni bo’yicha ko’rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo’yish, aybiga iqrorlik to’g’risidagi kelishuv, dastlabki tintuv institutlari haqida tushunchalar
berildi.
✅ O’zbekiston Respublikasining jinoyat hamda jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilgan
o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida taqdimot namoyish etildi.
✅ Sud`ya D.Xoliknazarova tomonidan odam savdosi, ayniqsa chaqaloqlar savdosi bilan bog’liq jinoyatlar haqida tushuncha berildi va jinoyatlarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida aloxida to’xtalib o’tildi hamda o’quvchilarga «Murg’ak qalblar nidosi» deb nomlangan bukletlar tarqatildi.
✅ Qizg’in savol-javoblarga boy bo’lgan bu uchrashuv o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.

Ulashing: