«Komp`yuter o’yinlari-2021» musobaqasi o’tkazildi.

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida Yoshlar ishlari agenligi Farg’ona shahar bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida komp`yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni ommalashtirish maqsadida «Kibersport CS-1.6» turi bo’yicha «Komp`yuter o’yinlari-2021» musobaqasi o’tkazildi.
🖥 Mazkur musobaqa texnikumdagi barcha guruhlar o’rtasida olimpiada tizimida o’tkazildi va TWICH tarmog’ida onlayn translyatsiya qilindi.
💻 Musobaqada 🥇1-o’rinnni 6-20 guruhi, 🥈2-o’rinni 2-20 guruhi va 🥉3-o’rinni 13-19 guruhi jamoalari egalladilar. 🏆 G’oliblar Yoshlar ishlari agenligi Farg’ona shahar bo’limi tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Ulashing: