Texnikumda TDYU Uzluksiz ta’lim boshqarmasining o’quv jarayonini tashkil etish bo’limi bosh mutaxassisi D.Avezov tomonidan “Advokatura bo’yicha yurist” yo’nalishining 12-19 guruhi o’quvchilari uchun “Sud va HMQO” modulidan “Kvazisud tashkilotlari (hakamlik va mediatsiya) tushunchasi va faoliyati» mavzusida mahorat darsi o’tkazildi.
Dars mashg’ulotida Mediatsiya to’g’risidagi qonunning mazmun mohiyati va xakamlik sudlari faoliyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, TDYU Uzluksiz ta’lim boshqarmasi boshlig’i D.Abduqodirov tomonidan “Sud huquqiy faoliyat” yo’nalishi, 6-20 guruhi o’quvchilari uchun “Konstitutsionnoe pravo” modulidan “Oliy majlis Respubliki Uzbekistan” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars mashg’ulotida O’zbekistonda parlamentarizmni rivojlanishi va jamiyat xayotidagi tutgan o’rni haqida keng tushunchalar berildi.
Mahorat darsida o’quvchilar faol qatnashdilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.