Shoir Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

⚖️ Samimiy sheʼrlari ohangrabo qoʻshiqlarga aylanib, har bir oʻzbek xonadoniga kirib borgan «Xalq shoiri», «Doʻstlik ordeni» sohibi, lirik shoir Muhammad Yusufning tavalludiga bagʻishlangan «Haqiqiy shoir odamlar orasida» deb nomlangan xotira tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari-texnikum direktori M.Toshmatova ochib berdi. Muhammad Yusuf samimiyligi, ommaning ruhiga yaqin boʻlganligi uchun ham kitobhonning koʻngil mulkiga aylanganligi, uning asarlarida oʻzi tugʻilib oʻsgan yurt ruhiyati, manzaralari yaqqol koʻrinib turishligini taʼkidlab oʻtdi.

🎼🎤 Shundan soʻng «Davlat huquqiy faoliyat» yoʻnalishi 1-20 guruh oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan, shoirning hayoti va ijodi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, va muhabbatning nafis navolari ifodasini topgan sheʼrlari, shoirning qalamiga mansub qoʻshiqlar hamda raqslar oʻquvchilarga xavola etildi.

Ulashing: