Farg’ona viloyati yuridik texnikum «Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi» o’qituvchisi Sh.Jiyanova «Huquqiy ko’nikma va metodologiyai» modulidan texnikumning «Davlat xizmatlari bo’yicha yurist» yo’nalishi 10-19 guruhida «yuridik maslahat va muzokaralarni muvoffaqiyatli olib borish» mavzusida ochiq dars mashg’ulotini o’tkazdi.
«Ochiq dars ma’naviy daqiqa bilan boshlanib, unda o’zbek sheriyatida o’chmas iz qoldirgan xalq shoiri Muhammad Yusuf yodga olinib, uning qalamiga mansub sherlar o’quvchilar tomonidan o’qildi
Ochiq darsda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilib, kichik guruhlarda bo’lingan holda faol ishtirok asosida o’tkazildi.
Yangi mavzu munozara, savol-javob, krossvord bosh qotirmalarini echish bilan yanada qiziqarli o’tdi. Bu esa o’quvchilarni sohaga oid terminlarni o’zlashtirishiga, erkin fikrlashiga undashi bilan yaxshi samara beradi.
Dars yakunida o’tilgan mashg’ulotning yutuq va kamchiliklari haqida nazoratchilar o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.