Xotira va Qadrlash kuni chinakam- milliy umumxalq bayramiga aylandi.
9 may – » Xotira va qadrlash kuni» hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 76 yilligi munosabati bilan yuridik texnikumda “Xotira abadiy, qadr muqaddas” nomli tadbir bo’lib oʻtdi.
Tadbir davomida “Yosh aktyorlar” klubi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sherlar, badiiy va musiqiy chiqishlar va taqdimotlar kechaga koʻtarinki rux baxshiyda etdi.
Kechaga texnikumning faxriy ustozi J.Gʻofurov tashrif buyurib, u oʻz so’zida bunday tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlar va ularga munosib vorislar boʻlish ruxida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab oʻtdi.