Texnikumda mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi

⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Farmonida zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol qadrlar tayyorlashni taʼminlash belgilangan.
📌 Shu munosabat bilan bitiruvchilarimizni yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha professional yuridik maʼlumot talab etiladigan boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish, qator huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va turli tashkilotlar bilan xamkorlikda ularning bandligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11 may kuni texnikumda «Mehnat yarmarkasi» tashkil etildi. Ushbu mehnat yarmarkasiga Farg’ona viloyati sudi, Davlat xizmatlari agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi, Farg’ona viloyati prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Advokatlar palatasi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi notarial palatasi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, Fargʻona shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Fargʻona shahar kengashi va boshqa korxona tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
✅ «Mehnat yarmarkasi»da o’quvchilar yuqoridagi idoralarga ishga kirish tartibi haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. Tadbir yakuni bo’yicha bitiruvchilar belgilangan tartibda ishga kirish yuzasidan tanlovga hujjat topshirish uchun ro’yhatdan o’tishdi. 12-19 guruhi o’quvchisi G.Xabubullayeva Farg’ona shahar bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan markazga inspektor lavozimiga ishga kirish uchun yo’llanma oldi.

Ulashing: