Texnikumda intellektual «Zakovat» o’yinlarini yarim final bosqichi bo’lib o’tdi.

⚖️ Aql tarozisida tortib ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o’rganmoq juda muhim.
📚 Bugungi kunda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, iqtidorini rivojlantirish, axborot xurujlari va nosog’lom muhitdan himoya qilish, yurtimizdagi yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir.
✅ Shu munosabat bilan texnikumda an’anaga aylangan 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intelektual o’yinlarining yarim final bosqichi o’tkazildi.

✅ Birinchi yarim finalchilar 7-20 guruhining «Istiqlol» va 4-20 guruhining «Bilimdonlari» jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan o’yin yakunlari bo’yicha «Istiqlol» jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, final bosqichga yo’llanma oldilar.

✅ Ikkinchi yarim finalchilar 2-20 guruhining «Adolat» va 3-20 guruhining «Ideal» jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan o’yin yakunlari bo’yicha «Adolat» jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, final bosqichga yo’llanma oldilar.

📌 «Zakovat» o’yinlarini final bosqichida 7-20 guruhining «Istiqlol» hamda 2-20 guruhining «Adolat» jamoalari o’zaro bellashadilar.

 

Ulashing: