Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining joriy yil 10 maydagi 14/4-321/8-son xatiga asosan 2021 yilning 17-21 may kunlari intensiv seminar- treningda Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari- texnikum direktori M.Toshmatova ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 24 may kuni texnikum pedogog-xodimlariga M.Toshmatova tomonidan seminar-trening yakunlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida yuridik texnikumlarning taʼlim sifatini oshirish, texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Yigʻilish yakunida huquqiy islohotlar boʻyicha Amerika qoʻshma shtatlarining «USAID» dasturi doirasida seminar-treningda ishtirok etgan pedagog-xodimlarga tashkilotning sertifikati topshirildi.