2020/2021 oʻquv yili yakuni hamda ikkinchi bosqich oʻquvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, aziz bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirga Fargʻona viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi T.Boymatov, Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi I.Poʻlatov, Farg’ona davlat universiteti talabalari hamda 4-sonli musiqa va sanʼat maktabi utoz va oʻquvchilari hamda bitiruvchilarning ota-onalari tashrif buyurdilar.
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari- texnikum direktori M.Toshmatova tadbirni ochib berdi.
Tashrif buyurgan mehmonlar bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirdilar hamda bitiruvchilarga, ularning ota-onalarga tashakkurnoma va maqtov yoriqlarini topshirdilar. Bundan tashqari 2020-2021 oʻquv yilida jamoat ishlarida faol boʻlgan 1-bosqich oʻquvchilari ham taqdirlandilar.
Tadbir badiiy chiqishlar hamda kuy- qoʻshiqlar bilan koʻtarinki ruxda oʻtdi.