«Korrupsiya- taraqqiyotga tahdid» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

📌📌 Joriy yilning 04 iyun kuni Fargʻona shahar 99541 sonli harbiy qism shaxsiy tarkibiga «Hususiy – huquqiy fanlar» kafedrasi:- B. Movlonov tomonidan «Korrupsiya- taraqqiyotga tahdid» mavzusida » davra suhbati»- shaklida oʻquv seminari oʻtkazildi.

📌 Oʻquv seminarida korrupsiya soʻzining lugʻaviy maʼnosi, «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun»ning mazmuni va mohiyati, tuzilishi, korrupsiyaga oid huquq buzilishi xolatlari; korrupsiyaga oid jinoyatlar tasnifi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari; korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar va ularning bartaraf qilishning chora- tadbirlari va shu kabi boshqa masalallar atroflicha yoritildi.

📌 Mavzuning mazmuni va mohiyati video, slayd va elektron doskadan unumli foydalangan holda inter faol metodlar: – aqliy xujum, savol-javob, baxs munozara va boshqa shu kabilar yordamida tushuntirildi.

Ulashing: