Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 13-oktabr kuni “Oʻquvchilar turar joyi”da texnikumning “Oʻquv metodik boʻlimi” uslubchisi M. Abduraximova tomonidan qizlarimizni oilaga tayyorlash hamda pazandachilik sirlarini oʻrgatish maqsadida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida qizlar nafaqat mavsumiy salat tayyorlash jarayonini, qolaversa pazandachilikka oid maslahatlar, koʻrsatmalarga ega boʻldilar va oʻzaro fikr almashdilar.