⚖️ Joriy yilning 14-oktabr kuni texnikumda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Yangi O’zbekiston strategiyasi» nomli asari taqdimoti bo’lib o’tdi.

📚Taqdimotni o’tkazgan texnikum bo’lim boshlig’i X.Isomiddinov kitob haqida fikr yuritar ekan, Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessans davrida qurish boʻyicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida to’xtalib o’tdi.
✅Maʼruzachi oʻz soʻzini mashhur yunon faylasufi Suqrotning “Oʻzgalarni oʻzgartirmoqchi boʻlgan inson, avvalo, oʻzini oʻzgartirishi lozim. Buning uchun esa, aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish kerak” degan soʻzlari bilan yakunlab, hozirga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan bu so’zlar bugungi Oʻzbekistonning yangicha qiyofasini yaratish, yangi demokratik jamiyatni barpo etishdek ulugʻ maqsad ortidan yoʻlga chiqayotgan yoshlarga motivatsiya bo’lishini aytib o’tdi. Davlat rahbarining “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobida keyingi 5 yilda amalga oshiriladigan strategik yoʻl aniq va ravshan bayon etilganligini ta’kidlab o’tdi.

Ulashing: