Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

2020 yil 6 noyabr kuni Farg‘ona shahar adliya bo‘limi hamda Farg‘ona shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida shtat jadvali qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shagan va ogohlantirish xatlari berilgan xodimlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Shuningdek, yarmarka davomida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, texnikum direktori B.Xasanov Farg‘ona shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori o‘rinbosari I.Qodirov bilan birgalikda shtat jadvali qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shagan va ogohlantirish xatlari berilgan xodimlarning har biri bilan suhbatlashib, texnikumdagi bo‘sh ish o‘rinlari hamad aholi bandligiga ko‘maklashish markazidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish taklif etildi.

Ulashing: