⚖️ Joriy yilning 16-noyabr kuni oʻquvchi-yoshlarga mehr ulashish va shukronalik hissini uygʻotish maqsadida Fargʻona “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilari texnikumga tashrif buyurishib, “Biz xech kimdan kam emasmiz” shiori ostida tayyorlab kelgan musiqiy dasturini namoyish etdilar.

♻️ “Muruvvat” uyi xodimlari va tarbiyalanuvchilari oʻzlarining tayyorlab kelgan raqs, kuy va qoʻyishlar bilan barchani xushnud etib, oʻz isteʼdodlarini namoyon etdilar.

♻️ Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan tadbirda muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari tadbir ishtirokchilariga yuksak insoniy fazilatlarni ulugʻvorligini koʻrsatib berdilar.

Ulashing: