Davlat ramzlari har bir mamlakatning suverinetiteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollaridir.

Oʻzbekistonning Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g’urur, faxr va iftixor bag’ishlaydi.

Joriy yil 18-noyabrda – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi to’g’risida”gi Qonun qabul qilinganiga 30 yil to’ladi.

Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimiz va dunyo bo’ylab davlatimiz bayrog’ining qadr qimmatini targ’ib qilish maqsadida “Muqaddasdir Vatan bayrog’i!” shiori ostida texnikumning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchilari o’rtasida insholar tanlovi o’tkazildi.

Ulashing: