«Zakovat» intellektual o’yinlarining yarim final bosqichi o’tkazildi.

⚖️ Farg’ona viloyati yuridik texnikumida an’anaga aylangan 2-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yinlarining yarim final bosqichi o’tkazildi.

♻️ 6-20 guruhining «Elite», 7-20 guruhining «Istiqlol» jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

♻️ «Zakovat » o’yinlari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan alohida e’ tirof etildi. Yoshlarni bilimli va salohiyatli bo’lishlarida ushbu intellektual o’yinlarning ahamiyati oshib bormoqda.

♻️ Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos bo’ladi.

♻️ O’yin yakunida 7-20 guruhining «Istiqlol» jamoasi g’olib deb topilib, final bosqichga yo’llanma oldi.

♻️ «Zakovat» o’yinlari davom etadi!..

Ulashing: