“Bayrog‘im-mening faxrim” nomli ma’naviyat soati tashkil etildi.

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsollaridir. Shunday timsollardan biri – bugun Birlashgan Millatlar tashkiloti oldida dunyo davlatlari orasida teng huquqligimizni bildirib hilpirab turgan Yarim oy va o‘n ikki yulduzli muzaffar bayrog‘imizdir.

Davlatimiz mustaqilligining ramzlaridan biri – mustaqil O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida’gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 18-noyabr kuni texnikumning «Xususiy-huquqiy fanlar» kafedrasi oʻqituvchisi R.Xashimov tomonidan 2-bosqich, “Davlar-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi, 1-20 guruh oʻquvchilariga “Bayrog‘im-mening faxrim” nomli ma’naviyat soati tashkil etildi.

Ma’naviyat soatda R.Xashimov davlat ramzlari, jumladan, O’zbekiston bayrog‘ining muqaddasligi haqida fikr yuritar ekanlar, tarixda o‘z tug‘larini baland tutgan ajdodlarimiz, jumladan Najmiddin Kubro, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilarning jasorati bugungi avlodga ibrat ekanligini, yoshlarimiz ham xalqaro arenalarda bayrog‘imizni baland ko‘tarib, yurtimiz shuhratiga shuhrat, obro‘siga obro‘ qo‘shmoqdalar, bunga Tokio olimpiadasida sportchilarimiz qo‘lga kiritgan g‘alabalar yorqin misol. Bundan keyin ham yoshlarimizni davlat ramzlariga, jumladan Davlatimiz bayrog‘iga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash barchamizning burchimizdir deb ta’kidlab o‘tdi

Ma’naviyat soatda davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bu boradagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda davlatimiz ramzlariga bo‘lgan ehtiromni shakllantirish borasidagi vedio rolik namoyish etildi.

Ulashing: