Fargʻona viloyati yuridik texnikum axborot-resurs markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusning toʻrtinchi tashabbusi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha, texnikum axborot-resurs markazi tomonidan el ardogʻidagi shoirlar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Bugungi ijodiy ushrashuv mehmoni filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, xalqimizning olim va shoiri Siddiq Moʻmindir. Tadbirda oʻquvchi- yoshlar shoirning xayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.

Siddiq Moʻmin oʻquvchi- yoshlarga oʻzining ijod namunalaridan oʻqib barchani mamnun etdi. Qolaversa, ijodkor yoshlar ham oʻzlarini qalamiga mansub boʻlgan sheʼrlaridan oʻqib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdilar. Texnikumda bunday ijodiy uchurashuvlar davom etadi.

Ulashing: