Texnikumning amaliyot va kasbiy rivojlanish bo`limi uslubchisi M.Rahmonova tomonidan “Oʻquvchilar turar joyi”da yashovchi oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularning ongida faxr-iftixor tuygʻularini shakllantirish maqsadida joriy yilning 20 noyabr kuni Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Oʻquvchilar muzeyning faoliyati, undagi eksponatlarning tarixi va boshqa madaniy meroslar bilan yaqindan tanishdilar.