Siz konstitutsiyani bilasizmi? ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.

Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida «Siz konstitutsiyani bilasizmi?» koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berildi.

Bugun boʻlib oʻtgan tanlovda texnikumning 4-20 guruhining «Jactice» va 7-20 guruhining «Taraqqiyot» jamoalari ishtirok etishib, «Taraqqiyot» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, final bosqichiga yoʻllanmani qo’lga kiritdi.

Ulashing: