Siz konstitutsiyani bilasizmi? ko’rik tanlovining final bosqichi o’tkazildi.

Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi-Asosiy qonunida mastahkamlab oladi.

Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida «Siz konstitutsiyani bilasizmi?» koʻrik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 1-7- dekabr kunlari jamoalar oʻrtasida saralash hamda final bosqichi oʻyinlariga start berilgan bo’lib, bugungi final bosqichida 7-20 guruhining «Taraqqiyot», 5-20 guruhining “Adolat” va 3-20 guruhining “Leaders” jamoalari o’zaro bellashdilar.

Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra 5-20 guruhining “Adolat” jamoasi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Ulashing: