O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining Huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda strategik islohotlarni huquqiy ta’minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar» mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Anjumandan ko’zlangan maqsad strategik islohotlarning huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek 2022 – 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish yuzasidan yuridik hamjamiyat oldida turgan yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov nutq soʻzlab, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqshunoslar oldida turgan eng asosiy chaqiriqlarni sanab oʻtdi.

Anjuman davomida so’nggi besh yilda norma ijodkorligi sohasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning son va sifat ko’rsatkichlari, hamda 2022 – 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasinining ishlab chiqilishi va qabul qilinishiga bag’ishlangan videoroliklar taqdim etiladi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan o’zbek va ingliz tillarida tayyorlanayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash: Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» nomli to’plamning taqdimoti bo’lib o’tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: