“Zakovat” intellektual o’yini bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg‘ona viloyati yuridik taxnikumi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qumitasi Farg‘ona soliq texnikumi o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari-texnikum direktori M.Toshmatova kirish so‘zi bilan ochib tashrif buyurgan mehmonlarga omad tiladi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangrab tadbir boshlandi.

“Zakovat” intellektual o‘yini boshlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg‘ona viloyati yuridik taxnikumi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qumitasi Farg‘ona soliq texnikumi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta’minlash, kelajakda intellektual va sport o‘yinlarini birgalikda tashkil etish maqsadida uch tomonlama memorandum imzolandi.

Har bir ta’lim muassasasidan ikkitadan jami oltita jamoa ishtirokida tashkillangan intellektual o’yinni Farg‘ona viloyati “Zakovat” intellektual klubi yetakchisi Sherzod Sheroziy boshqarib bordi.

Intellektual o’yinda “Adolat posbonlari”, “Akademiya”, “Justice”, “Soliq bilimdonlari”, “Sarlochin” va “Legist” jamoalari bellashdilar. Bellashuvda jami 20 ta savol o’ynaldi.

Murosasiz kechgan o’yinda birinchi o’rinni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyining “Akademiya” jamoasi, ikkinchi o’rinni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg‘ona viloyati yuridik taxnikumining “Legist” va uchinchi o’rinni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyining “Sarlochin” jamoalari egalladilar. G’olib va sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar mos ravishda I, II va III darajali diplom hamda tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: