Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda o`quvchilarni nazariy bilimlarinig amaliyot bilan uyg`unligini ta`minlash maqsadida “ochiq eshiklar kuni» tashkil etilib, texnikumning yuridik klinika rahbari D.Qayumova boshchiligida klinika a`zolari Farg`ona viloyati ma`muriy sudiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o`quvchilar ma`muriy sud faoliyati bilan tanishdilar, Farg`ona viloyati ma`muriy sud raisi Maxammadov Doniyorxo`ja Baxtiyarovich bilan davra suhbati o`tkazildi.
Davra syhbati davomida o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shu bilan birga sud protsessida qatnashdilar va o`quv jarayonidagi bilimlarni amaliyotda mustahkamladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube