Joriy yilning 26-aprel kuni texnikumning Konstitutsiyaviy huquq fani o‘qituvchisi F.Mirjavharova tomonidan “Davlat huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 12-21 guruhida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi hamda slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Prezident vakolatlari saxnalashtirilgan xolda o’rganildi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi. Darsda barcha o’quvchilarning faolligi ta’minlandi
O’quvchilar dars so’ngida mavzuga doir kazuslar yechishdilar.




















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube