Joriy yilning 27-aprel kuni davlat tilida ish yuritish fani o’qituvchisi Qurbonova Nigora Nabiyevna tomonidan 12-21 guruhida «Annotatsiya yozishga qo’yiladigan talablar» mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etildi. O‘quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan «Ha-yo’q» ta’limiy o’yini o’tkazildi. So’ngra yangi mavzu – annotatsiya tuzish yuzasidan taqdimot asosida tushunchalar berildi.
Darsda kichik guruhlarga mavzuga oid amaliy mashq va topshiriqlar berildi, o’quvchilar berilgan topshiriqlarni jamoaviy hamda yakka tartibda bajardilar.
Darsda turli innovatsion usullar, zamonaviy IT texnologiyalari, videolavhalardan unumli foydalanildi, talabalar faol va qizg’in tarzda darsga qatnashdilar.













Telegram | Facebook | Instagram | Youtube