O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4096- sonli qaroriga asosan 2019-2020 o’quv yilidan boshlab sudyalik lavozimlari uchun sudyalikka nomzodlar O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tomonidan tayyorlanishi yo’lga qo’yildi.
Farg’ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o’qituvchisi B.Akbarova mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlab “Magistrlik” darajasiga ega bo’ldi.
Texnikum jamoasi B.Akbarovani ushbu daraja bilan muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.