“YOSHLAR TARBIYASI MAMLAKAT TARAQQIYOTINING POYDEVORIDIR” mavzusida maqola chop etildi.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi, 30-23 guruh oʻquvchisi Muhammadjonova Davlatoy Yodgorjon qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan, «Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies” Hosted online from Paris, France. Koʻp tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyalar xalqoro ilmiy elektron jurnalining 2024–yil fevral oyi 1-tom 3-sonida “YOSHLAR TARBIYASI MAMLAKAT TARAQQIYOTINING POYDEVORIDIR” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


YOSHLAR TARBIYASI MAMLAKAT TARAQQIYOTINING POYDEVORIDIR

Annotatsiya: Maqolada davlatimizni rivojlangan davlat qatoriga olib chiqishni, oldimizda turgan muammolarni bosqichma-bosqich izchillik bilan hal qilishni, jadal surʼatlarda jamiyatdagi o‘zgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda orttirilgan hayotiy va ilg‘or tajribalar asosida qonun normalarini takomillashtirib borishni zamonning o‘zi talab qilyotganligi, Jinoyat va jinoyat protsessual kodekslarida va boshqa qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi, ularga nisbatan jinoiy jazo tayinlash hamda jinoyat ishlarini yuritish, sudlarda voyaga yetmaganlar ishlarini ko‘rib chiqishning alohida tartibi va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqadigan, xalqaro umumeʼtirof etiladigan normalarga mos qoidalar o‘z ifodasini topganligi bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: taʼlim va tarbiya, radikalizm va ekstremizm, jinoiy javobgarlik,
jinoyat ishlarini yuritish, jinoiy jazo tayinlash, nazoratsizlik.

Аннотация: статья призвана вывести наше государство в разряд развитого государства, поэтапно последовательно решать стоящие перед нами проблемы, стремительными темпами совершенствовать нормы права на основе приобретенного жизненного и передового опыта правового регулирования меняющихся общественных отношений в обществе, что требует времени, уголовная ответственность несовершеннолетних в уголовном и Уголовнопроцессуальном кодексах и иных законодательных актах назначение уголовного наказания и производство по уголовным делам, речь идет о вопросах, вытекающих из особого порядка и специфики рассмотрения дел о несовершеннолетних в судах, в которых нашли свое выражение правила,
соответствующие общепризнанным международным нормам.

Ключевые понятия: образование и воспитание, радикализм и экстремизм, уголовная ответственность, производство по уголовным делам, назначение уголовных наказаний, бесконтрольность.

Abstract: The article calls for bringing our state to a developed state, gradually resolving the problems before us, improving the norms of law based on life and advanced experiences gained in the legal regulation of rapidly changing social relations in society, the criminal liability of minors in the codes of criminal and Criminal Procedure and other legal acts, the appointment of criminal penalties for them,, the
courts are concerned with issues arising from the particular procedure and specific aspects of the consideration of juvenile cases, in which rules corresponding to international generally accepted norms are expressed.

Key concepts: education and upbringing, radicalism and extremism, criminal responsibility, criminal proceedings, appointment of criminal penalties, uncontrolled.

Barchamizga maʼlumki, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini taʼminlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan izchil siyosat olib borish boraborida rivojlangan davlat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimizda yoshlarga jamiyat hayotining barcha jabhalarida faol qatnashib, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari, kelajakda davlatimiz va xalqimizga xizmat qiladigan ziyoli, tadbirkor, ishbilarmon insonlar bo‘lishlari uchun zamon talablariga mos, taraqqiy etgan davlatlarnikidan kam
bo‘lmagan shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz: “Biz “inson qadri, uning huquq va manfaatlari – oliy qadriyat”, degan tamoyildan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz aholisi uchun munosib turmush sharoitini yaratishni Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilaganmiz. Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga eʼtibor
va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz”,- deya yoshlarimizga katta umid ko‘zi bilan qaramoqdalar.
Hozirgi g‘oyat murakkab davrning keskin talabi shundayki, har qanday imkoniyat va minbardan foydalanib, islohotlarimizga xalaqit berayotgan barcha muammo va kamchiliklarni birgalikda, ochiq va oshkora muhokama qilishimiz lozim.
Asosiy eʼtiborni yoshlarimizning taʼlim va tarbiyasiga qaratsak, zero…taʼlim va tarbiya bor joyda albatta ilm, albatta madaniyat va taraqqiyot bo‘ladi. Taʼlim va tarbiya rivojlangan jamiyatda radikalizm va ekstremizm kayfiyatlari hech qachon ildiz otolmaydi.
Davlatimizni rivojlangan davlat qatoriga olib chiqishni, oldimizda turgan muammolarni bosqichma-bosqich izchillik bilan hal qilishni, jadal surʼatlarda jamiyatdagi o‘zgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda orttirilgan hayotiy va ilg‘or tajribalar asosida qonun normalarini takomillashtirib borishni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Shu sababli ham voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilaydigan, voyaga yetmaganlar jinoyat ishlarini yuritishning alohida tartib qoidalarini o‘z ichiga olgan normalarni belgilovchi jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yaratildi. Jinoyat va jinoyat protsessual kodekslarimizda voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi, ularga nisbatan jinoiy jazo tayinlash hamda jinoyat ishlarini yuritish, sudlarda voyaga yetmaganlar ishlarini ko‘rib chiqishning alohida tartibi va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqadigan, xalqaro umumeʼtirof etiladigan normalarga mos qoidalar o‘z ifodasini topdi.
Mamlakatimizda yoshlar va voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni profilaktikasi, ularning salohiyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilinganligi, qilinayotganligi barchaga maʼlum. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrdagi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmoni, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmonlari, Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, shular jumlasidandir.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ham “…jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik
tamoyilini keng joriy etish, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda maxsus qonun qabul qilish maqsad qilib qo‘yilgan. Shuningdek, yuvenal adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash, tezkor-qidiruv va tergov faoliyati
ustidan nazoratni kuchaytirish…”4 masalalariga alohida e‘tibor berilgan.
Aynan voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, ular tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarni yuritish bilan bog‘liq masalalarda Jinoyat va Jinoyat protsessual kodeksdan tashqari O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘QR-139-son qonunida bir qator normalar belgilangan bo‘lib, julmadan Qonunning 10-moddasida bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini taʼminlashi, bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, ekspluatatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari qonunchiligimizga muvofiq, davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalar (voyaga yetmaganlar)ning qonun hujjatlarida belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining taʼminlanishi bo‘yicha choralar ko‘radi, ularga har qanday ruhiy yoki jismoniy taʼsir o‘tkazish, uni ko‘rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.
Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida ularga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart etib belgilangan. Eng eʼtiborlisi, Bola (voyaga yetmaganlar)ning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan 2021 yil 7 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun O‘RQ–735- sonli qonun qabul qilinib, unga asosan, voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.
Chunki ular jinoyat ishini ko‘rilishini osonlashtiradi va to‘g‘ri yo‘nalishda borishini taʼminlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023-y.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.lex.uz/docs/111189.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008
yil 7 yanvardagi O‘QR-139-son qonuni.
5. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.

Ulashing: