Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan ozaro hamkorlikda oquvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uygunligini taminlash maqsadida joriy yilning 29-sentabr kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi yuridik klinikasi rahbari D.Qayumova tomonidan o’quvchilarni malakali yuridik kadr bo’lib yetishishda nazariya va amaliyot uyg’unligining ahamiyatini tushuntirish maqsadida Fargona viloyati ma’muriy sudi bilan hamkorlikda «Nazariya va amaliyot uyg’unligi» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda texnikum o’quvchilari uchun Fargona viloyati mamuriy sudi raisi D.Maxamatov ishtirokida «Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar» yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Seminar davomida Fargona viloyati ma’muriy sudining ish yurituvchisi D.Maxsudova ma’muriy sud ish faoliyati bilan o‘quvchilarni tanishtirdi.

Qolaversa, o’quvchilarning bilimini yanada mustahkamlash maqsadida savol-javoblar tashkil etildi. Shuningdek, o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: