Texnikum axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 10608 donani tashkil etadi. Shundan maxsus fanlarga oid darsliklarning umumiy soni 6042 donadir. Siyosiy adabiyotlarning soni 2997 donani, badiiy adabiyotlar soni esa 1569 donadan iboratdir.

Kutubxonada turli mavzudagi davra suhbatlari va tadbirlar oʼtkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘icha texnikum axborot-resurs markazida “Tafakkur bulog‘I nomli klub tashkil etilgan. Klub faoliyatining maqsadi yosh avlodni intellektual va madaniy saviyasini oshirish, mustaqil fikrlashini kuchaytirish, milliy va jahon mumtoz adabiyotlarini mutolaa qilishga qiziqtirishdan iborat. Klubga barcha kitobxon o‘quvchilar jalb qilingan.

«O’quvchilar turar joyi» da istiqomat qilayotgan o’quvchi-yoshlar bundan juda ham xursandlar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: