O‘zbekiston Respublikasi O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” ma’naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari, Farg‘ona yuridik texnikumi faol kitobxonlari hamda IIV Farg‘ona shahar akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Texnikum kitobxon o‘quvchilari Ona tilini madh etuvchi she’rlari bilan ishtirok etib, kitoblar bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: