Joriy yilning 21-oktabr kuni Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan bilan Farg’ona viloyati umumiy yurisdiksiya sudida «Davlat tilida ishyuritish» va «Arxiv ishi» mavzularida seminar-uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda viloyat sudyalari, Farg’ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi mutaxassislari va texnikum o’quvchilari qatnashdilar.
Seminar davomida o’zbek tilining afzalliklari, uning kelajak avlodga bekamu-kust yetkazish kerakligi, shuningdek davlat idoralarida ish yuritishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va arxiv hujjatlarini saqlash haqida ma’ruzalar qilindi.
Seminar savol-javob tarzida o’tkazilib tadbir so’ngida o’quvchilar viloyat sudi muzeyi bilan tanishdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube