Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-22-oktyabr kunlari Marg‘ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo‘lib o’tdi.

Ushbu festival Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladi.

Undan tashqari bu tadbir Marg‘ilon ipakchiligining dovrug‘ini dunyoga tanitishda, hunar va san’atga mehri baland insonlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishida muhim o‘rin tutadi.

Ushbu munosabat bilan texnikumning «Qizlarjon» klubi azolari ushbu festivalga tashrif buyurishib, tashkil etilgan ko’rgazmalar, sayillar, badiiy chiqishlar, shou-defilesi hamda xamdo’stlik davlatlaridan tashrif buyurgan mexmonlar bilan xamsuhbat bo’lishga muyassar bo’lishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: