“Dunyoni mehr qutqaradi”
Mehr va qadr. Mazkur tushunchalar zamirida xalqimizga xos ezgu fazilatlar mujassam. Inson zotining naqadar aziz hamda mukarramligi o’z ifodasini topgan. Zero, vaqt g’animat, umr o’tkinchi. Bu dunyoda bizdan qoladigan o’chmas iz esa xayrli amallarimizdir.
Texnikumda muntazam ravishda turli yonalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqdalar. Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o’quvchi-yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bilan bir qatorda ularning dunyoqarashi, saviyasi, Vatanga bo’lgan sadoqati atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undaydi.
Joriy yilning 10-noyabr kuni texnikumning “Amaliyot va kasbiy rivojlvntirish bo’limi” uslubchisi M.Raxmonova boshchiligida “Mehr ulashib” klubi a’zolari Farg’ona shahrida barpo etilayotgan “Eko shahar”ga tashrif buyurishib, qurilish ishlarida faoliyat olib borayotgan ishchi guruh a’zolariga erta tongda kayfiyatlarini ko’tarish maqsadida mehr ulashib kelindi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube